понедельник, 21 мая 2012 г.


Odobnoma fanidan test topshiriqlari 
3-sinf II-variant


1.Islom Karimov qanday unvon va o’rdenlar bilan taqdirlangan?
a)“O’zbekiston qahramoni” unvoni 
b)“Mustaqillik” va “Amir Temur” o’rdenlari
s) a va b javoblar to’g’ri
2.Nima uchun keksalik donolik deyiladi?
a)Ular ko’p kitob o’qiydilar
b)Ular katta hayot tajribasiga ega
s)Ular nabiralarini yahshi ko’radilar
3.Qanday insonlar mehnatsevar hisoblanadi?
a)Mehnatni sevib, uni yurakdan bajargan shaxs mehnatsevar hisoblanadi
b)Ko’p mehnat qilgan shaxs mehnatsevar hisoblanadi
s) Ko’p o’qib, ko’p yozgan odam mehnatsevar hisoblanadi
4.Orastalik qanday fazilat?
a) kishini har tomonlama o’zini ozoda tutishi  
b) milliy kiyim kiyishi
s) urf-odatlarga amal qilishi
5.Tadbirkorlik haqida maqollarning qaysisida  berilgan?
a)Nonning uvog’i ham non         b)Yangini eski asrar 
s)Temir kessang, kalta kes, chozsa bo’lur, Yog’och kessang, uzun kes, kessa bo’lur
    
6.O’zlariga Vatanlarining nomini taxallus qilib olgan buyuk insonlar nomini ko’rsating
a)Navoiy, Bobur      b)Al-Buxoriy, At-Termiziy,   s)Qodiriy, Niyoziy
7.Al-Buxoriy qachon, qayerda tug’ildi?
a)810-yil  20-iyunda Samarqandda   b)810-yil 20-iyulda Buhoroda    s)820-yil Bolasog’unda
8.Qushcha nega mayna bo’ldi?
a) orasta, ozoda bo’lmaganligi uchun    b)qo’shiqchi bo’lmagani uchun    s)maqtanchoqligi uchun
9.Jahli chiqqan vaqtida ham o’zini tiya oladigan kishi……..
a)ojizdir               b) kuchlidir            s)odoblidir
10.Adashgan kishilarga to’g’ri yo’l ko’rsatishing ham………
a)sadaqa                    b) savob                   s)yahshilik
11.Eshitish tufayli kishi…..bo’ladi
a)dono            b)aqlli            s)odobli
12.Yusuf Xos  Hojib asarini toping
a) “Iskandar oynasi ”    b) “Qutadg’u bilig”     s) “Boburnoma ”
13.Rivoyat nima?
a)O’tmishdan qolgan ertaklar  b) keksalar nasihatlari  s)voqea – hodisalarni tasvirlovchi og’zaki hikoya yoki afsona
14.”Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur“ bu kimning fikri?
a) A. Temur    b) A.Navoiy    s) I. Karimov
15.Tejayman deb nimaga berilib ketish yaramaydi?
a)xasislikka               b)dangasalikka                         s)ziqnalikka
16.Tabiatni muhofaza qilish haqida konstitutsiyamizning nechanchi moddasida yozilgan?
a)43-modda                  b)55-modda             s)41-modda
17. Odobnoma darsligida nechta shartli belgi bor?
a) 5ta               b)3ta               s)4ta 
18.Bilmaganni so’rab o’rgangan olim, orlanib so’ramagan o’ziga zolim hikmati kimning qalamiga mansub?    
a)Al-Buxoriy            b)Aliisher Navoiy            s) At-Termiziy
19.Do’stga sodiq bo’lishni qaysi rivoyatda o’rgandingiz?
a)Navoiyning do’sti                     b)Choli Malik             s)Sukutning xosiyati
20.Qaysi biri milliy o’yin hosoblanadi?
a) tez aytish                       b)chillak              s)mehmonmisiz- mehmonmisiz.

Комментариев нет:

Отправить комментарий