понедельник, 21 мая 2012 г.



Dars mavzusi: BU YORUG` OLAMDA  VATAN BITTADIR.
D
A
R
S
N
I
N
G


M
A
Q
S
A
D
I
Ta`limiy maqsad: O`quvchilarning  Vatanimiz haqidagi olgan bilimlari mustaxkamlash.Vatanimiz tarixi, buguni,mustaqillik bayrami va  uning mazmun-moxiyati, Davlat ramzlari  haqida kengroq tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilar  qalbida yurtga  muhabbat, ona-Vatanga sadoqat, mardlik, vatanparvarlik fazilatlarini  qaror  topdirish.Ajdodlardan  fahrlanish, milliy g`urur-iftixor  tuyg`usini  oshirish orqali, yuksak didli, imon-e`tiqodli, ma`naviyati yetuk komil insonni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning  yangicha  dunyoqarashini, bilim va  tafakkurini, erkin,mustaqil fikrlash, guruhlarda  ishlash, o`zaro muloqat ko`nikmalarini  rivojlantirish.

Darning  jihozi: O`zbekiston  Respublikasining  davlat ramzlaribuyuk siymolar, tarixiy obidalar, Vatanimiz buguni va istiqbolini  aks ettiruvchi rasmlar, birinchi  darsga bag`ishlangan devoriy gazeta, mustaqillikni aks ettiruvchi shiorlar, O`zbekiston xaritasi, qog`oz, yelim, marker va tarqatma  materiallar.
Magnit tasmasiga yozilgan vatanimiz haqidagi qo`shiqlar, mustaqilligimizni  ifodalovchi videotasmaga olingan lavhalar.
Dars turi: Noan`anaviy.
Dars usuli: Guruhlarda ishlah, aqliy hujum, klayster, baxs-munozara, musobaqa.
Dars  shiori: Buyuk va  muqaddassan, mustaqil Vatan.
DTS talablari: Vatanimiz tarixi, buguni, davlat ramzlari,mustaqillik yillarida erishilgan muvaffaqiyatlarni o`quvchilarga singdirish.
Oltin qoida: O`zaro hurmat, faollik,erkin fikr, intizom
Darsning borishi: Yurtimizni  madh etuvchi kuy past ovozda eshittiriladi.

O`quvchilar bilan salomlashaman, davomatni aniqlayman,o`quvchilardan kundalik axborotni olaman.
Bolajonlar, Vatanimiz, xalqimiz  hayotida nishonlanadigan bayramlar, sanalar  anchagina. Mamlakatimizda 20 yildan buyon zo`r quvonch, tantana  bilan nishonlanadigan, tarix sahifalariga  oltin harflar  bilan bitilgan  bir kun bor. Bu – barchmiz  uchun eng muqaddas  bo`lgan Vatanimiz  mustaqilligi kunidir. Barchangizni  ana shu qutlug` kun, Vatanimiz  mustaqilligini  20 yilligi, yangi o`quv yili bilan tabriklayman va darsimizni  davlat  madhiyasini  kuylash bilan boshlaymiz.
Assalom, ona yurt tonglar o`lkasi,
Ta`rif – tavsifining yo`q nihoyasi.
Senga  bag`ishlanar muqaddas qo`shiq,
Bu o`zbek elining o`z madhiyasi.
Aziz o`quvchilar. Bugungi mustaqillik darsimizni  vatanimiz tarixi, mustaqillikning  buyuk ne`matlari  haqidagi fikr-mulohazalaringiz asosida, baxs-munozara, musobaqa tarzida  o`tkazamiz.
Vatan haqida suhbat o`tkazaman. Vatanimiz haqida nimalarni bilasiz?
Vatanimiz            –       mustaqil O’zbekiston
Viloyatimiz                   –       Farg’ona
Tumanimiz                    –       Buvayda
Ona qishlog’omiz          –       Yangiqo’rg’on
 Milliy boyligimiz          –       paxta, bug’doy, sholi
 Davlatimiz ramzlari – tamg’a, bayroq, madhiya
 Prezidentimiz      –       I.A.Karimov
Tilagimiz:                     Tinchlik, obodlik
Istagimiz:                     Ilmu-odob o’rganish
                                      Izlanib, o’qib, o’qish
Maqsadimiz:                Barkamol inson bo’lib,
                                      El-yurtga xizmat qilish
                                       O’tmishni e’zoz aylab
                                      Davlatni yuksaltirish.
-         Qani ayting bolalar
Chehrasi gul lolalar
Vatan o’zi nimadir?
Vatan bu    –   biz yurgan tuproq ko’chalar
Vatan  bu   – onamiz yopgan yopgan kulchalar,
Vatan bu    – tug’ilgan makon
Vatan bu    – sizu-bizga dahldor zamon
Vatan bu    – belangan beshigim
Vatan bu    – ostonayu eshigim,
Vatan bu    – onamning bedor allasi
Vatan bu    – padarim duo pallasi.
Vatan deb atalmish muqaddas tuyg’u haqida gapirar ekanmiz, eng avvalo ko’z o’ngimizda jannatmakon ona O’zbekistonimiz namoyon bo’ladi. 1991-yil 31-avgust tarix sahifalariga zarhal harflar bilan yozilda. Shu kuni vatanimiz O’zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Har yili 1-sentabr mustaqillik bayrami sifatida nishonlanadigan bo’ldi. Bugun biz mustaqil va ozod yurtda yashayapmiz. Keng va yorug’ xonalarda o’qiyapmiz. Prezidentimiz tomonidan har yili 1-sinf o’quvchilariga 12 turdagi o’quv qurollari va darsliklar bepul berilmoqda. Kam ta’minlangan oila farzandlariga bepul issiq kiyim bosh berilmoqda. Buning uchun biz Prezidentimizga mingdan-ming rahmat aytib, a’lo baholarga o’qishimiz bilan javob berishimiz kerak.
-   O’quvchilar bir o’ylab ko’raylikchi, vatanimiz dunyoga o’zining nimalari bilan mashhur?
-   Vatanimiz dunyoda o’zining purviqor tog’lari-yu, sersuv daryolari, shifobaxsh va noyob o’simliklari, bitmas-tuganmas yer osti boyliklari-yu, unumdor tuproqlari, qadimiy shaharlari-yu, buyuk bobokalonlari va eng muhimi mehnatsevar, mehmondo’st “o’zbek” deb nom olgan xalqi bilan mashhurdir.
Mustaqillikka erishgach qanday yutuqlarni qo’lga kiritdik, vatanimizda qanday o’zgarishlar bo’ldi?
Mustaqillik – buyuk in’omdir. Mustaqillikning fayzu tarovatida jannatmakon

O’zbekiston bugungi kunda tobora gullab yashnamoqda.



 

 O’zbekiston o’z Prezidentiga, Parlamenti, Konstitutsiyasi, bayrog’i, gerbi va madhiyasiga shuningdek o’z hududiy chegarasiga, qurolli kuchlariga, milliy qo’shiniga ega bo’ldi.

Mustaqillik tufayli O’zbekiston o’z hududidagi yerlar, suvlar, turli-tuman boyliklarning haqiqiy egasiga aylandi. O’zbekistonning BMTga a’zo bo’lishi va bayrog’imizning tashkilotning bosh binosi yonida hilpirab turishi tarixiy hodisadir.
O’zbekning buyukligi uning ma’naviyatidadir. Har qanday xalqning ulug’vorligini uning tarixi, madaniyati, adabiyoti va san’ati namoyish etib turadi. Naqshinkor imoratlar, minora-yu madrasalar, toshga bitilgan qadimiy yozuvlar, o’tda yonmagan, suvda cho’kmagan kitoblar boy o’tmishimizdan so’zlaydi.
Mamlakatimiz tarixi shavkatli nomlarga boy. Vatanimiz zaminida jahonni hayratga solgan Al-Xorazmiy, Al-Farobiy, Al-Farg’oniy, At-Termiziy, Beruniy, Mahmud Zamaxshariy, Abu Ali ibn Sino, Bahouddin Naqshbandiy, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiydek buyuk salohiyat sohiblarini, To’maris, Shiroq, Muqanna, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur, Mahmud Torobiydek sarkarda va xalq qahramonlari; istiqlol uchun jon fido qilgan Behbudiy, Cho’lpon, Fitrat, Qodiriy, Avloniy, Usmon Nosir kabi minglab fidoiylarni har doim eslab, hurmat bilan tilga olamiz.
 Mustaqillikdan so’ng o’zlikni anglash tuyg’usini qayta tiklash uchun katta harakat boshlandi. O’zbek millatining tarixiy, ijtimoiy taraqqiyotda munosib o’rni bor. Buni biz chin yurakdan his qilishimiz, xalqimiz erishgan yutuqlarni asrab – avaylab, rivojlantirishimiz shart. Milliy o’zlikni anglash vatanparvarlik va xalqparvarlik tuyg’ularini shakllantiradi, vatanni ichki va tashqi yovuz kuchlardan omon saqlashga da’vat etadi.
- Bolalar men uchun vatan huddi uyimizning ostonasidan boshlanayotganga o’xshab tuyulaveradi. Vatan – bu uyimiz, qishlog’imiz, maktabimiz, sinfimiz, o’tirgan partamiz. Vatan ostonadan boshlanar ekan, tumanimizda yashab, ijod qilgan insonlarni eslab, xotirlab o’tmasak bo’lmaydi. Shoirlardan: Abdulla Qahhor, Muqumiy, Nasimiy, Qodir Dehqon, A’zam O’ktam, G’ayratjon Meliboyevlar…     San’atkorlar: G’oyib ota To’ychiyev, Abdulatif Xoldorov, Abdunosir Abdullayev, Rahimjon Kamolov, Rasulqori Mamadaliyev, Muhiddin Darveshevlar…  Mehnat qahramonlari: Maxsutali Haydarov, Oliyaxon Sultonova, Abdullajon Ro’zaliyevlar…
 Bugungi kunda tumanimizni yuksaltirishga o’z xissalarini qo’shayotgan insonlar:“O’zbekiston qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan Patilaxon Ergasheva, senat a’zoligiga saylangan Rahimaxon Qo’rg’onova, davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar – Ominaxon Aliyeva, Turg’unboy Jakbarov, Saodatxon Mamadaliyeva, Saodatxot Yakubovalar…   Shoirlarimizdan: Mirzo Karim, Tursunoy Sulaymonova, Sobirjon Otaboyev, Qizlarxon Mamadaliyeva, Ulug’bek Madaminovlar…   Yosh sportchimiz O’zbekiston yoshlar terma jamoasiga qabul qilingan Muhsinjon Ubaydullayev… Bu ro’yhatni juda ko’p davom ettirish mumkin.
Dam olish daqiqasi: Tumanimizda yashab ijod qilgan Rasulqori Mamadaliyevni qo’shig’I magnit tasmasi orqali eshittiriladi.     








         



Aziz o’quvchilar darsimizni bellashuv qismini boshlaymiz. Sinf o’quvchilarini guruhlarga bo’lib olamiz.
Организационная диаграмма


 Har bir guruh a’zolari o’z nomlarini izohlaydilar, sardorlar saylanadi va tanishtiriladi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
DAVLAT  BAYROG’I
 
O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o’tkazilgan VII sessiyasida 1991 - yil 18 - noyabr kuni tasdiqlangan.
Davlat bayrog’i va uning rasmi bugungi O’zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo’lgan davlatlar bilan tarixan bog’liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o’zida mujassamlashtiradi.
Bayroqdagi moviy rang – tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzidir. Timsollar tilida bu yaxshilikni, halollikni bildiradi.
Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo’lib , u kun charog’onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg’unlashib ketadi. Oq rang poklik, beg’uborlik, soflik, orzu va hayollar tozaligi, ichki go’zallikka intilishning timsolidir.
Yashil rang – tabiatning yangilaniash ramzi. U ko’pgina xalqlarda navqironlik , umid va shodmonlik  timsoli  hisoblanadi.
Qizil chiziqlar – bu har bir tirik jon tomirida urib turgan hayotiy kuch , vujudimizda jo’shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir.
Yarim oy tasviri – bizning tarixiy an’analarimiz  bilan bog’liq. Ayni paytda, bu qo’lda kiritilgan mustaqilligimiz ramzidir.
Yulduzlar – barcha xalqlar uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O’zbekliston Respublikasi Davlat bayrog’idagi 12 ta yulduztasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi quyosh yilnomamizga bevosita aloqadordir.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
DAVLAT  GERBI




 O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi O’zbekiston Respublikasi  Oliy Kengashining X Sessiyasida 1992-yil 2-iyul kuni  tasdiqlangan . O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh  tasvirida  hamda o’ng  tomonida bug’doy  boshoqlari, so’l tomonida ochilgan paxta chanoqlari surati  tushirilgan chambardan iboratdir .Gerbning yuqori qismida Respublika  jipisligining  ramzi sifatida sakkiz qirali  yulduz tasvirlangan sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va besh qirrali yulduz musulmonlarning qutlug’ ramzidir. Gerb markazida himmat , olijanoblik  va fidoyilik  timsoli  bo’lgan afsonaviy  Humo qushi qanotilarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik , baxt-saodat , farovonlik yo’lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi. Gerbning pastki qisimdagi  Respublika   Davlat  bayrog’ini  ifodalovchi uch rangdagi chambar bandiga  “O’zbekiston”so’zi  bitilgan.



Musobaqamizni baholab borish uchun darsimizni ekspertlarini saylab olamiz. Guruhlarni shartlar bo’yicha olgan ballarini gul yapog’lari bilan taqdirlaymiz.
1-SHART. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng Prezidentimiz har bir yilimizga nom berishmoqda. 2 daqiqa ichida anashu yillar nomini guruh a’zolari yozib beradilar. Har bir guruhga qog’ozlar beriladi.



 
 
2-SHART.  O’zbekiston so’zidan1 daqiqa ichida kim ko’p so’z topib yozish. Masalan: O’zbekiston – O’zbek, o’z, bek, kitob, ko’z, noz…
3-SHART. Vatanimizni 1 ta so’z yoki jumla bilan tariflang. Har bir ishtirokchiga qog’oz beriladi.
Vatan bu …


4-SHART. Vatan haqidagi maqollardan aytish. Har bir guruhdan 1 nafar ishtirokchi qatnashadi. Aytilgan maqol takrorlanmasligi shart.
VATAN HAQIDA MAQOLLAR

1.Vatani borning – baxti bor,
   mexnati borning – taxti.

2.Ona yurtning omon bo’lsa,
   rangi ro’ying samon bo’lmas.

3.Ona   yurting - oltin beshiging.

4.Yurt tinch - sen tinch.

5.Begona tuproq  – devona tuproq.

6. O’zga yurtning shoxi bo’lguncha,
    o’z yurtingning gadosi bo’l.

7.Bulbul chamani sevar, odam - vatanni.

8.Yurt qursang o’zarsan,
   qurmasang     to’zarsan.

5-SHART. Sardorlar bahsi. Guruh sardorlariga 10 tadan tezkor savol o’qib eshittiriladi.
    G’olib guruh aniqlanib rag’batlantiriladi.
“BAYROQ” GURUHI SARDORIGA

1. O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi kuni qachon e’lon qilindi ?
J:1991-yil 31-avgust

2. Toshkent shaxri nechanchi yilda Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilindi?
J:2007-yilda

3. “Hidoya” asarinining muallifi kim?  
J:Burxoniddin Al-Marg’inoniy

4. Konstitutsiyamizda nechta modda bor?
J: 128ta

5. 2010-yil qanday yil deb e’lon qilindi?
J:Barkamol avlod yili

6. Vatanimizda  nechta katta suv xafzasi  mavjud?
J:1 ta Orol dengizi

7. O’zbek milliy  valyutasi  qachon  muomalaga  kiritilgan? 
J:1994 yil 1 iyulda

8. Vatanimiz  poytaxti? 
J:Toshkent

9. “Ta’lim to’g’risida”gi qonu qachon qabul qilingan?
J” 1997 yil 29 avgust

10. “O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilliginining 20 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’rkazish to’g’risidagi” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qachon qabul qilindi?
J:2011 yil 6 aprel
“TAMG’A” GURUHI SARDORIGA

1.O’zbekiston Respublikasining Davlad madhiyasi  qachon qabul qilingan?
J:1992-yil 10 dekabr.

2.2000-yil qanday yil deb e’lon qilindi?
J:Sog’lom avlod yili

3.O’zbekiston Respublikasining  birinchi prezidenti qachon saylandi?
J:1991 yil 29  dekabrda

4.“Davlat tili haqida” gi  qonun  qachon qabul qilingan ? 
J:1989 yil 21 oktyabrda

5.“Davlat  gerbi to’g’risida”gi  qonun qachon qabul qilingan?
J:1992-yil 2iyulda

6.O’zbekiston  qaysi davlatlar bilan chegaradosh ?
J:Afg’oniston,Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston , Turkmaniston

7.O’zbekistonning umumiy yer maydoni necha kv/km?
J:447.400 kv/km.

8. “Pedagogika” so’zining  ma’nosini ayting ?    
J:Bola yetaklovchi

9.  “Vazirlar  Mahkamasining Ijro intizomining  mustaxkamlash  chora tadbirlar  to’g’risida”gi  qarori qachon qabul qilingan?
J:1999 yil 12 yanvar

10.O’zbekiston Respublikasining  ma’muriy-hududiy bo’linishini ayting? 
J: 12 ta viloyat, 1 ta Avtonom Respublika.

“MADHIYA” GURUHI SARDORIGA

1. O’zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog’I qachon qabul qilingan?
J:1991 yil 18 noyabr.

2. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun necha moddadan iborat?
J:34 ta

3. Asakadagi avtomobil ishlab chiqaradigan qo’shma korxonada nechanchi yildan avtomobillar ishlab chiqarila boshlandi?
J:1996 yildan

4. “Qobusnoma” asarining muallifi kim?
J:Kaykovus.

5. O’zbekistonning Davlat tili-
J:o’zbek tili

6. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasini ayting.

7. 2005 yil qanday yil deb e’lon qilindi?
J: “Sihat salomatlik yili”.

8 .O’zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zoligiga qabul qilingan tumanimizdagi yosh futbolchi kim?
J:Muhsinjon Ubaydullayev.

9. O’zbekiston Respublikasi BMTga qachon qabul qilingan?
J:1992 yil 2 mart.

10. O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini kim yozgan?
J:A.Oripov.

Mustahkamlash.  Vatan haqidagi she’rlar so’raladi.
    Yurtim,senga she’r bitdim bu kun,
    Qiyosingni topmadim also.
    Shoirlar bor, o’z yurtin butun
    Olam aro atagan tanho.
    Ular she’ri uchdi ko’p yiroq,
    Qanotida kumush diyori.
    Bir o’lka bor dunyoda,biroq
    Bitilmagan dostondir bori.
    Faqat ojiz qalamim manim,
    O’zbekiston, Vatanim manim…
***
Assalom mustaqil O’zbekistonim
Salom sahovatli marvarid o’lkam.
Bag’ri keng vatanim aziz diyorim
Istiqlol nuridan bo’libsan ko’rkam.
Bahmal vodiylarga onasan o’zing
Hech nur teng kelolmas mehri dostonim
Qilichdek kesadi har bitta so’zing
Sen mening O’zbegim O’zbekistonim
***
Yer yuzi jannati O’zbekistonim
Ollohning himmati O’zekistonim
Vatanlar qimmati O’zbekistonim
Omon bo’l ona yurt dunyo boricha
G’am ko’rma, alamni bilma zarracha.
***
Istiqlol bayrog’in el ko’tarar shod
Istiqlol ayondir dilga erk najot
Elm deb, yurtim deb yashar har avlod
Adolat bor jopda yurt bo’ldi obod
Omon bo’l ona yurt dunyo boricha
G’am ko’rma, alamni bilma zarracha

1.     Aziz o’quvchilar bugungi darsimiz sizlarga yoqdimi?
2.     Guruhlarda ishlash jarayonida o’zingizni qanday his qildingiz?
3.     Vatan oldidagi burchimiz nimalardan iborat?
4.     Vatanimizni asrab-avaylash uchun nimalar qilishimiz kerak?
5.     Vatan – deganda nimani tushunasiz?
6.     O’zbekiston tamg’asida qaysi qush tasvirlangan?
7.     Tumanimizda mustaqillik yillarida qanday o’zgarishlar yuz berdi.

Darsni yakunlash. Aziz o’quvchilar bugungi darsimizga yakun yasar ekanman har biringiz ilm cho’qqilarini puxta egallashingizni, ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo’lida faol qatnashib, vatanimiz ravnaqi yurtimiz tinchligi o’z hissangizni qo’shishingizni va albatta, baxtli, komil inson bo’lishingizni tilayman. Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!!!
Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilarni rag’batlantiraman.
Uyga vazifa.  Vatan haqidagi she’rlar,maqollardan yod olish, “Vatanimiz 20 yoshda” deb nomlangan kichik hikoya yozib kelish.

Комментариев нет:

Отправить комментарий